Evropa Millatlar ligasida Neymar va Messi ham o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 18 dekabr, 2021, 15:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

UEFA vitse-prezidenti Zbignev Bonek 2024 yildan boshlab, qit’a milliy terma jamoalari ishtirok etadigan Millatlar ligasida Janubiy Amerikaning 10 ta mamlakati terma jamoalari ham qatnashishini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu musobaqaning A ligasiga Kolumbiya, Argentina, Chili, Peru, Braziliya  va Urugvay qo‘shiladi. Boliviya, Paragvay, Venesuela va Ekvador B ligadan joy oladi. Ular ishtirokidagi barcha uchrashuvlar Evropa stadionlarida o‘tkaziladi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, A liga guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar Millatlar ligasining final bosqichiga yo‘llanma oladi. Bu galgi yakuniy bosqich 2023 yilning iyunida bo‘ladi va janubiy amerikaliklar shundan so‘ng musobaqaga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.

B, C va D ligalari guruhlarida  g‘olib chiqqan terma jamoalar bir pog‘ona yuqoridagi ligalarga ko‘tariladi. A va V ligalari guruhlarida oxirgi o‘rinni olganlar bir pog‘ona pastlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!