
Evropada eng ko‘p gol urayotgan hujumchining kutilmaganda narxi keskin tushirildi
“Sporting”da bir necha mavsumdan beri to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Viktor Dyokeresh “top-5” ligalariga yo‘l olishi kutilmoqda.
Dastlab, shved hujumchisiga grandlar tomonidan qiziqish ko‘p bo‘ldi. Portugaliyaliklar 26 yoshli hujumchi uchun 85 million funt talab qilgani unga bo‘lgan e’tiborni pasaytirdi.
The Sun nashrining yozishicha, lissabonliklar xaridorlarni qochirmaslik uchun Dyokeresh bo‘yicha talabni kamaytirdi. Endi “Sporting” 55-70 million funt o‘rtasidagi takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Hozir bu to‘purarga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildiryapti. Viktor joriy mavsumda barcha turnirlarda 44 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 44 ta gol va 11 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar