Evropada mojaro! UEFA yangi Superliga ishtirokchilarini xalqaro musobaqalardan chetlatadi

  • 19 aprel, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning 20 ta eng mashhur jamoani birlashtirishi rejalashtirilgan yangi turnir – Superligada qatnashadigan klublar va futbolchilarga nisbatan UEFA tomonidan sanktsiyalar qo‘llanadi.

Tecno

Hozircha, katta moliyaviy foydalarni va’da qilayotgan bu turnirda 12 ta mashhur klub o‘z ishtirokini tasdiqlagan. “Milan”, “Arsenal”, “Atletiko”, “Chelsi”, “Barselona”, “Inter”, “Yuventus”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Tottenxem” Evropa Superligasida qatnashishga rozilik bergan.

Superligada ishtirok etadigan har qanday klub va futbolchi UEFA va FIFA shafeligida o‘tkaziladigan qit’a va jahon miqyosidagi musobaqalardan chetlatiladi, - deyiladi UEFA matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

“Real” prezidenti Florentino Peres rahbarlik qiladigan Superliga ishtirokchilari bir mavsumda 18-23 tagacha uchrashuv o‘tkazadi. Turnirda jami 20 ta jamoa qatnashishi kerak. Dastlabki 12 ta jamoadan tashqari turnirga “Bavariya”, “Leyptsig”, “Portu” ham qo‘shilishi kutilmoqda.

UEFA yangi turnirni Evropaning eng nufuzli musobaqalari – Chempionlar ligasi va Evropa ligasi mavqeiga putur etkazishidan xavotirlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!