Yevropadagi legionerimiz faoliyati hali boshlanmay tugadimi?

  • 25.03.2026 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Namanganlik tajribali futbolchi Abduğani Kamolov yanvar oyida Kosovoga yo‘l olib, ushbu mamlakatning “Ferizay” klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagan edi.

Shu tariqa, Kamolov Kosovo chempionatida to‘p tepgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘lish imkoniyaga ega bo‘lgan edi. Mana oradan uch oy o‘tsa hamki, 26 yoshli legionerimiz Yevropa mamlakati ligasida debutini nishonlagani yo‘q.

Eurasia Football nashri ushbu vaziyatga oydinlik kiritdi.

Manbaning qayd etishicha, Futbolchining agenti Amil Shukalo mijozı Abduğani Kamolov “Ferizay” bilan yanvar oyidayoq shartnoma imzolagan va rasmiy ro‘yxatdan o‘tganini biroq jamoaga qo‘shila olmaganini ma’lum qilgan.

Sababi — viza jarayoni cho‘zilib ketgan. O‘zbekiston fuqarolari Kosovoda ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak va bu jarayon kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt olgan.

Shukaloning so‘zlariga ko‘ra, shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilish varianti ham ko‘rib chiqilgan, ammo aksariyat mamlakatlarda transfer oynasi yopilgani sababli bu ish ham amalga oshirilmadi.

- O‘zbekiston fuqarolari Kosovoda ishlash uchun ruxsatnoma olish maqsadida viza jarayonidan o‘tishi kerak va ma’muriy sabablar tufayli bu jarayon kutilganidan ham ko‘proq cho‘zildi. Shuning uchun futbolchi jamoaga qo‘shila olmadi, - deyiladi ma’lumotda.

Kamolovning “Ferizay” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. U tugagach, futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun yangi variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Abduğani Kamolov Namanganda tug‘ilgan bo‘lsa-da, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Chap qanot o‘yinchisi sifatida shakllangan Kamolov 2020-2025 yillar davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritib, “Metallurg Bekobod”, “Andijon”, “Turon”, “Sho‘rtan” va “Navbahor” jamoalarida to‘p surgan.

2025 yilda Abduğani Qirg‘iziston chempionatiga ko‘chib o‘tdi: avval “Abdish-Ota” jamoasida o‘ynadi, keyin “Bishkek Siti”da to‘p tepdi. Har ikki jamoada ham asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lgan. “Abdish-Ota” jamoasi tarkibida Qirg‘iziston Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Vaziyat taqozosi bilan Abduğani Kamolov yozda yana o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi.

Xoland Nodirbek Abdusattorov o‘ynaydigan jahon chempionatiga pul tikdi

Yevropaliklar Husanovdan hayratda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!