Evropaning eng qo‘pol o‘yinchisi La Ligaga yo‘l oladi
“Borussiya” yarim himoyachisi Tomas Dileyni faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi kutilyapti.
Daniya terma jamoasining 29 yoshli futbolchisiga “Sevilya” xaridor bo‘lyapti va bu transferni imkon qadar tezroq yakunlashni mo‘ljallamoqda.
Hozirgacha erishilgan kelishuvga ko‘ra, Dileyniga uch yillik shartnoma beriladi. Andalusiyaliklar bu transfer uchun dortmundliklarga besh million evro o‘tkazadi.
Tomas Dileyni Evropa chempionatida raqiblariga nisbatan 15 marotaba qoida buzib, musobaqaning eng qo‘pol futbolchisi, deb e’lon qilindi.

Fikrlar