Yevropaning top-terma jamoasi jahon chempionatini baykot qilmoqchi
Germaniyada 2026 yildgi jahon chempionatini boykot qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu masala AQSh bilan siyosiy kelishmovchiliklar fonida muhokama qilinmoqda.
Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur masala bo‘yicha muhokamalar o‘tgan yildan beri olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda musobaqani boykot qilish varianti yuqori darajada ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, agar Ispaniya milliy terma jamoasi ham musobaqada ishtirok etishdan bosh tortsa,Germaniya ham shunday qaror qabul qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Germaniya kansleri Fridrix Merts avvalroq AQSh tashqi siyosatiga tanqidiy fikrlarini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “qoidalarga asoslangan tartib” tamoyillaridan chekinib, kuch va milliy manfaatlarga asoslangan siyosatga o‘tmoqda.
Germaniya futbol ittifoqining ayrim vakillari ham boykot qilish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, tashkilot vitse-prezidenti Oke Göt tlich demokratik qadriyatlarni himoya qilish nuqtai nazaridan bunday qadamni ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Sabablar orasida AQShning migratsiya siyosati va ehtimoliy savdo cheklovlari ham tilga olinmoqda.
AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlari mezbonlik qiladigan jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar