Fabio Kannavaro: "Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"
O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning noyabr oyidagi yig‘in yakunlari haqida bildirgan fikrlarini taqdim etdi.
“Bizning oldimizda katta maqsad turibdi — 2026 yilgi Jahon chempionatiga puxta, tayyorlangan va to‘liq xabardor holda etib borish. Shu nuqtai nazardan, BAAda o‘tkazilgan Al-Ayn xalqaro kubogida g‘alaba qozongan jamoam bilan faxrlanaman. FIFA reytingida bizdan yuqorida joylashgan Misr va Eron kabi kuchli raqiblar ustidan erishilgan g‘alabalar muhim tajriba bo‘ldi.
Safar endi boshlanmoqda, biroq biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Qadamma-qadam, har kuni fidoyilik bilan ishlashni davom ettirishimiz zarur. Faqat shunda biz barqaror va mustahkam jamoa tizimini shakllantira olamiz.
Biz — bir jamoamiz. O‘zbekiston xalqi. Keling, birgalikda orzu qilaylik”.
Fikrlar