Fabio Kannavaro yana ikki legionerimizning oʻyinini tomosha qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro milliy jamoa futbolchilari Aziz G‘aniev va Abdulla Abdullaev qarama-qarshiligidagi “Al-Bataeh” — “Dibba Al-Fujayra” uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.
Ushbu bahsda har ikkala futbolchimiz ham to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Bu to‘qnashuvda "Dibba Al-Fujayra" minimal hisobda zafar quchdi. Mazkur bellashuvda G‘aniev Sofascore tomonidan 7.3 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Abdullaevga 6.8 ball berildi.


Fikrlar