Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi statistikasi bilan tanishing
Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Jahon chempionati arafasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Kanadaga qarshi bahs murabbiy uchun terma jamoa boshqaruvidagi 7 uchrashuv bo‘ldi. Afsuski, mazkur o‘yinda vakillarimiz 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu vaqtgacha "oq bo‘rilar" Kannavaro boshchiligida o‘tkazgan 7 ta uchrashuvning 5 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 tasida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa ushbu bahslarda raqiblar darvozasiga 17 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 12 ta to‘p olib chiqqan.
Shu tariqa, Fabio Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi mag‘lubiyatlari soni ikkita ga yetdi.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz navbatdagi o‘yinni Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar