Fabregas "Arsenal"ga emas, "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin edi

  • 24.05.2020 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Monako” xavbeki Sesk Fabregas 2003 yilda “Barselona”dan “Arsenal”ga emas, balki “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin edi.

“O‘sha paytda menda “Manchester Yunayted”dan ham taklif bor edi. Bir necha bor London va Manchesterga borishimga to‘g‘ri keldi. Iyun oyi o‘rtasida “Arsenal” qarorgohiga borganimda hamma ta’tilda edi, Venger esa Parijga ketgandi. U men bilan uchrashish uchun shaxsiy samolyotda keldi. Devid Din (“Arsenal”ning o‘sha paytdagi vitse-prezidenti) ham.

Men Vengerni ko‘rib hayratda edim. Men bor yo‘g‘i 15 yoshda edim va hech kim emasdim. Bu inson esa meni ko‘rish uchun ta’tildan voz kechgan. Biz birga suhbatlashdik, Venger onam bilan ham gaplashdi, menga mashg‘ulotlar bazasini ko‘rsatdi va men ushbu loyihani yoqtirib qoldim”, - deyd Fabregas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!