
Fabregas “Barsa”, “Real” va “Siti” futbolchilarini yordamga chaqirdi
Italiya A Seriyasiga chiqqan “Komo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan mashhur futbolchi Sesk Fabrigas Evropa futbolidagi mavqeidan foydalanib, tarkibni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis hozirga qadar himoyachi Rafael Varan va hujumchi Andrea Belottini “Komo” bilan shartnoma imzolashiga erishdi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Fabregas yozgi transferlar yakunlangunicha katta klublar havosini olgan yana uch nafar futbolchini o‘z jamoasiga olib kelishni mo‘ljallagan.
Unga ko‘ra,”Komo” o‘z tarkibini “Barselona”dagi faoliyatini yakunlagan taniqli yulduz Serxi Roberto, “Real” hamda “Manchester Siti” singari chempion jamoalarda yurgan Niko Pas va Maksimo Perrone kabi iste’dod egalari bilan kuchaytirmoqchi.
Fikrlar