Fabregas "Chelsi"ga rossiyalik jamoadoshini sotib olishni maslahat bermoqda

  • 19.03.2020 18:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Chelsi"ga rossiyalik jamoadoshi Aleksandr Golovinni sotib olishni maslahat bermoqda.

“Monako”da iqtidorli futbolchilar etarli, ammo hozirda ularning bittasi Angliyada o‘ynay oladi. Kim? Golovin. U ajoyib paslarga ega. U joriy mavsum jamoa etakchisi hisoblanadi. “Chelsi”da kim bilan gaplashsam, ularga Golovinga e’tibor qaratishlarini maslahat beraman. Menimcha u hozirgi murabbiyning qurayotgan o‘yin uslubiga juda mos tushadi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Fabregas 2014-2019 yillarda “Chelsi” safida to‘p surgan va jamoa bilan 5 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Golovin esa “Monako”da joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!