Fabregas faoliyatidagi eng zo‘r 3 ta murabbiy kimligini aytdi

  • 10 iyul, 2020, 13:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatidagi eng yaxshi 3 ta murabbiyni sanab o‘tdi.

“Men Gvardiola, Mourino va Vengerni tanlayman, chunki ulardan qarzdorman. Gvardiola “Barselona”da, Venger esa “Arsenal”da men yoqtiradigan futbol uslubini o‘rgatishgan. Lekin Mourino qo‘l ostida “Chelsi”da ajoyib mavsumni o‘tkazganman. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi. U qanday qilib aql bilan harakat qilishiga hayron qolardim”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Fabregas faoliyati davomida "Arsenal" (2003-2011), "Barselona" (2011-2014) va "Chelsi" (2014-2019) kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!