Fabregas oxir-oqibat London klubini boshqarishni niyat qilmoqda
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Sesk Fabregas kelajakda aynan shu klub bosh murabbiyi bo‘lishni maqsad qilgan.
Kaveh Solxekol "Sky Sports Transfer Talk Podcast" dasturida ma’lum qilishicha, "Como" jamoasini hozirda boshqarib turgan Fabregas uzoq muddatli rejada bir kun kelib "Arsenal"ni boshqarishni xohlaydi.
Shu bilan birga, mutaxassis uning kelajakda "Chelsi" klubini boshqarish ehtimoli past ekanini ham ta’kidlagan.
Avalroq OAVda "Chelsi" Fabregasni yozda bosh murabbiy etib tayinlash variantini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fabregas futbolchi sifatida 2014–2019 yillar oralig‘ida "Chelsi" safida o‘ynagan.

Fikrlar