Fabregas Yamalni Messi bilan taqqosladi

  • 18 oktabr, 2024, 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda Italiyaning “Komo” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan ispaniyalik sobiq futbol yulduzi Sesk Fabregas “Barselona” vingeri Lamin Yamalni argentinalik Lionel Messiga taqqoslashayotgani haqida o‘z fikr bildirdi.

Tecno

“Menga bunday taqqoslashlar yoqmaydi, chunki har bir futbolchi individualdir. Yamal futbolda o‘z yo‘lini topishi kerak. Lekin, albatta, uni Messiga o‘xshatishga majbur qiladigan alomatlar ko‘p", - dedi ispaniyalik mutaxassis ESPN nashriga bergan intervyusida.

17 yoshli Yamal ayni damda Transfermarkt portali tomonidan 150 million evroga baholanmoqda. U La Liganing joriy mavsumida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!