
Fabritsio Romano: Brozovich "An-Nasr" futbolchisi
Marselo Brozovich "An-Nasr” taklifiga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Og‘zaki kelishuvga erishildi. Yarim himoyachi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.
Mazkur transfer "Inter"ga 23 million evro foyda keltirdi. Brozovich esa uch yil ichida 100 million evro ishlab oladi, ya’ni bitim 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
Avvalroq, Brozovich riyodliklarning taklifini rad qilgandi. Unga "Barsa" ham qiziqish bildirdi. futbolchining o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor edi. Ammo Ispaniya grandining 23 million evro to‘lay olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar