Fabrizio Romano "Chelsi"ning bosh yangi murabbiyi kim bo‘lishini ma'lum qildi

  • 06.01.2026 13:53
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiylik lavozimiga Liam Rosenyor tayinlanish arafasida. Bu haqida taniqli jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Unga ko‘ra, Rosenyor "aristokratlar" bilan kelishuvga erishilganini tasdiqlagan. Mutaxassisning aytishicha, u yaqin orada London jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.

"Men dunyodagi eng yirik klublardan biri — "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lish arafasidaman, — dedi mutaxassis.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida to‘liq kelishuv mavjud va tayinlov yaqin vaqt ichida rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!