Fabritsio Romano Gavining "Chelsi" vakillari bilan uchrashganini rad etdi

  • 12 aprel, 2023, 14:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Gavi bilan uchrashuv o‘tkazgani rad etildi.

Tecno

Avvalroq ispan OAVlarida "aristokratlar" jamosi futbolchining o‘zi va uning agenti bilan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilgani haqida xabar berilgandi. Biroq jurnalist Fabritsio Romano bu mish-mishlarni rad etdi.

Gavi yangi shartnomani rasmiylashtirishda muammolarga duch keldi. Shundan so‘ng futbolchining "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ispaniyalik futbolchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Gavi hozircha yangi shartnoma bo‘yicha maosh oladi, garchi shartnoma hali ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa ham. "Barselona" muammoni imkon qadar tezroq hal qilish ustida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!