Fabrizio Romano muammoning asl sababi va Ronalduning kelajagini ochiqlandi

  • 08.02.2026 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Taniqli insayder Fabrizio Romano o‘zining YouTube kanalida Krishtianu Ronalduning “An-Nasr” o‘yinlarini boykot qilishi va uning kelajagi bilan bog‘liq vaziyatni batafsil tushuntirib berdi.

- Bir narsani aniqlab olishga ruhsat bering. Muammo Krishtianu Ronaldu bilan “An-Nasr” klubi o‘rtasida emas. Krishtianuning bosh murabbiy, jamoadoshlar, muxlislar va klub rahbariyati bilan munosabatlari juda yaxshi. Klub rahbariyati muhim ishlarni amalga oshiryapti va Krishtianu klubda ishlayotgan insonlardan juda mamnun.

Ammo PIF — Saudiya Pro-ligasidagi bir nechta klublarni nazorat qiluvchi jamg‘arma bor. U investitsiyalar, byudjetlar va boshqa barcha masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Krishtianu aynan shu jamg‘armaning bir nechta klubga nisbatan yuritgan siyosati va yuqori darajadagi umumiy strategiyasidan norozi.

Gap klub rahbariyati, xodimlar, murabbiy, jamoadoshlar, menejer yoki texnik shtab haqida emas — buni aniq ta’kidlab o‘tish muhim.

Shuning uchun Krishtianu “An-Nasr” bilan munosabatlarni uzyapti, deb aytib bo‘lmaydi.  U faqatgina Saudiya Pro-ligasida klublarning yuqori darajada qanday boshqarilayotganidan, ayniqsa ayrim klublar va bu bilan shug‘ullanaotgan odamlardan norozi, - dedi insayder.

Ronaldu allaqachon chempionatdagi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Mish-mishlarga ko‘ra, u uchinchi uchrashuvni ham boykot qilishni rejalashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!