Fabritsio Romano: "Rafinya "Barselona"da qolish uchun hamma narsa qiladi"

  • 28 yanvar, 2023, 17:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur jurnalist Fabritsio Romano braziliyalik vinger Rafinya Diasning "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Avvalroq, "Diario Sport" nashri ispan klubi Rafinyaning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmagani va futbolchini sotish haqida o‘ylayotganini xabar bergandi.

"O‘ylaymanki, Rafinya "Barselona"da qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, u o‘tgan yozda jamoaga o‘tishni xohlagan va hali ham fikrini o‘zgartirmagan. Uning rejasi oxirigacha kurashish", - deydi Romano.

26 yoshli hujumchi joriy mavsumda "Barselona" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Transfermarkt" portali braziliyalik futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!