
Fabritsio Romano “Real” yana bir katta transferni hal qilganini tasdiqladi
Mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlagan “Real” tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Xususan, madridliklar himoya chizig‘ini yanglashga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Qirollik klubi” chap qanot himoyasiga “Benfika” vakili Alvaro Karrerasni olib kelishga harakat qilmoqda. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning tasdiqlashicha, tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi.
Manbaga ko‘ra, “Real” mutasaddilari ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib bo‘lgan.
- Alvaro Karreras va “Real”... Navbat etib keldi, - deb xabar tarqatdi Fabritsio Romano.
Avvalroq, madridliklar Karreras transferi uchun “Benfika”ga 50 million evro miqdorida badal puli to‘lashga rozilik bergan edi.
Yakunlangan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 50 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta assist ham rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar