Fabrizio Romano Ronalduni haqida muhim ma'lumotlarni ochiqaladi
"An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi o‘yinda ishtirok etmadi. Bu holatning sababini mashhur insayder jurnalist Fabrizio Romano ochiqaladi.
"Nega Krishtianu Ronaldu hatto zahira o‘rindigida ham yo‘q?
Kecha xabar qilingandek, Ronaldu hozircha tayyor emas, ammo bu holat jismoniy tayyorgarlik, jarohat yoki o‘yin daqiqalarini tejash bilan bog‘liq emas.
Masala shundaki, Krishtianu Saudiya Professional ligasini boshqaruvchi Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) hamda ayrim klublarning transfer bozori, byudjet va imkoniyatlarni boshqarish uslubidan norozi.
Ya’ni hozirgi vaziyatda Ronaldu rozi emas. Bu Portugaliya OAVlarida tarqalgan xabarlar bo‘lib, haqiqat shuki, uning qaydnomadan tushib qolishi maydondagi holatga aloqador emas.
Hech qanday jarohat yo‘q. U vaziyatdan norozi, ayniqsa "Al-Ittihod" va "Al-Hilol" klublarining Karim Benzema bilan bevosita muzokaralar olib borayotgani fonida.
Karim Benzema "Al-Hilol"ga o‘tishi mumkin, biroq kelishuv hali yakunlanmagan. Hozircha muzokaralar davom etmoqda va yaqin soatlarda vaziyat oydinlashishi kutilmoqda", — deb yozdi Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar