FAKT! AGMK Olmaliqdagi "Nasaf"ga qarshi o‘zaro 12 o‘yinning 2 tasida g‘alaba qozongan xolos
“Nasaf” Superliga 21-turida AGMK mehmoni bo‘ladi. Bellashuvdan avval "Nasaf" klubi matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 25 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. 13 uchrashuvda “Nasaf”, 3 o‘yinda esa olmaliqliklar g‘alabaga erishgan. 9 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 40:21 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – AGMK 4:0, AGMK – “Nasaf” 2:0.
"Nasaf" jamoasi so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 26 aprel kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 4:0 hisobida yakunlangan.
Olmaliqdagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Olmaliqda 12 bor kuch sinashishgan. 4 uchrashuvda qarshiliklar g‘alaba qozongan. 6 uchrashuvda durang qayd etilgan va 2 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 20 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 8:12.
E’tiboringizga, Olmaliqda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
19.10.2018 AGMK – Nasaf 0:2
26.04.2018 AGMK – Nasaf 0:0
07.04.2017 AGMK – Nasaf 1:0
11.03.2016 AGMK – Nasaf 1:3
23.05.2015 AGMK – Nasaf 2:0

Fikrlar