
Fakt! "Andijon" o‘z tarixida uchinchi bor "Lokomotiv"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida kechgan bellashuvda "temiryo‘lchilar" 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Gollarga Anzur Ismoilov, Igor Elich, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Jamshid Iskanderovlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa "Andijon" o‘z tarixida uchinchi marta "Lokomotiv"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. "Temiryo‘lchilar" o‘zaro uchrashuvlarda Toshkentda 2004 yil 5:1 va 2014 yil 4:0 hisobida zafar quchishgan edi hamda kechagi g‘alaba bu borada uchinchi bo‘ldi.
Fikrlar