Fakt! Messi Ispaniya kubogida belgilangan 9ta penaltining 6tasini ura olmagan

  • 18 yanvar, 2018, 10:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi kecha Ispaniya kubogi doirasida “Espanol”ga qarshi o‘yinda hakam tomonidan raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Tecno

Aniqrog‘i, raqib jamoa posboni Diego Lopes argentinalik futbol yulduzining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Aytish lozimki, Messi faoliyati davomida Ispaniya kubogi uchrashuvlarida o‘zi uchun belgilangan jami 9ta penaltidan 6tasini golga aylantira olmagan.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum La Ligada jami 19ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 17ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!