FAKT! "Metallurg" Andijonda faqatgina bir marta g‘alaba qozongan xolos
"Andijon" - "Metallurg" uchrashuvi oldidan mehmonlar matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Andijon” jamoasi bilan bekobodliklar milliy chempionat doirasida 36 bor to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 14 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 10 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. 12 ta o‘yin esa vodiyliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan. “Metallurg” raqiblari darvozasiga 60 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 54 gol o‘tkazib yuborgan.
“Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2015 yilgi chempionatda kuzatilgan, o‘shanda bekobodliklar “Andijon”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirgan. "Burgutlar"ning yirik g‘alabasi 4:1 ko‘rinishini olgan.
Jamoalarning Andijondagi uchrashuvlarida 10 bora mezbonlarning qo‘li baland kelgan. Faqat bir safar “Metallurg” vodiydan 3 ochko bilan qaytgan. 7 bahsda esa tomonlarning kuchlari teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 30:15, andijonliklar foydasiga.
16.06.2019 “Andijon” – “Metallurg” – 1:1
22.10.2016 “Andijon” – “Metallurg” – 0:0
16.10.2015 “Andijon” – “Metallurg” – 1:0
17.10.2014 “Andijon” – “Metallurg” – 2:2
21.11.2012 “Andijon” – “Metallurg” – 3:3
16.04.2011 “Andijon” – “Metallurg” – 0:1
17.04.2010 “Andijon” – “Metallurg” – 2:1
16.10.2009 “Andijon” – “Metallurg” – 2:2
01.03.2008 “Andijon” – “Metallurg” – 2:0
11.11.2007 “Andijon” – “Metallurg” – 2:2
12.03.2006 “Andijon” – “Metallurg” – 0:0
25.04.2004 “Andijon” – “Metallurg” – 3:0
19.04.2003 “Andijon” – “Metallurg” – 2:0
14.09.2002 “Andijon” – “Metallurg” – 2:1
11.08.2001 “Andijon” – “Metallurg” – 1:0
17.08.2000 “Andijon” – “Metallurg” – 3:0
01.08.1999 “Andijon” – “Metallurg” – 2:1
08.06.1998 “Andijon” – “Metallurg” – 2:1

Fikrlar