FAKT! “So‘g‘diyona” Namanganda “Navbahor”ni mag‘lub eta olmagan
Coca Cola Superliga 7-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. Klub matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 48 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 24 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 17 ta bahsda zafar quchgan, 7 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 86-57, “Navbahor”foydasiga.
Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 79 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 58 ochko mavjud.
“Navbahor” - “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘shanda vodiyliklar Namanganda jizzaxliklar darvozasiga javobsiz 7ta to‘p kiritishgandi.
Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan. E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan. 2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “So‘g‘diyona” shu paytgacha “Navbahor” maydonida g‘alaba qozona olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 20tasida “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, qolgan 4ta bahsda jamoalar durangga imzo chekishgan.

Fikrlar