Fakt! “Surxon” Namanganda “Navbahor”dan biror marta ham ochko ololmagan

  • 17.04.2019 17:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 5-tur doirasida Namanganning “Navbahor” klubi Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs oldidan "Navbahor" klubi matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 24 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 17 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 5 ta uchrashuvda termizliklar g‘alaba qozonishgan,  2ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 70-20, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 53 ochkoni,  “Surxon” esa 17 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 24ta bahsning 11 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.   

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 12 marta kuch sinashishgan. 1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 11ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 46 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

photo_2019-04-17_15-34-49

Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:

28.03.1992          Surxon – Navbahor  - 1:1

29.10.1992          Navbahor – Surxon  -  +:-

13.04.1994          ASK – Navbahor  -       2:3

13.11.1994          Navbahor - ASK -        2:1

11.06.1995          Navbahor - ASK -        4:0

19.08.1995          ASK - Navbahor -        2:5

26.06.1996          Navbahor - ASK -        4:1

29.08.1996          ASK - Navbahor -        1:4

13.04.1997          Navbahor – Surxon -   9:0

04.10.1997          Surxon – Navbahor -   1:0

18.04.1998          Navbahor – Surxon -   5:0

08.10.1998          Surxon – Navbahor -   3:1

06.06.1999          Navbahor – Surxon -   1:0

14.08.1999          Surxon – Navbahor -   1:0

19.04.2000          Surxon – Navbahor -   3:3

30.09.2000          Navbahor – Surxon -   5:0

23.06.2001          Surxon - Navbahor      0:3

31.07.2001          Navbahor - Surxon      7:1

28.04.2002          Surxon – Navbahor -   1:0

19.10.2002          Navbahor – Surxon -   1:0

14.05.2003          Surxon – Navbahor -   1:0

13.09.2003          Navbahor – Surxon -   2:1

15.03.2004          Navbahor – Surxon -   6:0

05.11.2004          Surxon – Navbahor -   0:4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!