Falkao faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin

  • 27 aprel, 2024, 22:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Radamel Falkao yozda "Rayo Valekano" tark etadi. Jamoa kolumbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni istamadi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Ushbu mavsum bitta ham o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmagan hujumchi katta ehtimol bilan Evropani ham tark etmoqda. Uni Malayziyaning "Johor" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, MLS va Meksikadan ham takliflar bor.

Falkao 2021 yildan beri "Rayo Valekano"da to‘p tepib kelmoqda. Foaliyati davomida "Monako", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Portu" va "Atletiko" kabi jamoalarda o‘ynagan 38 yoshli straykerning futboldan ketish onlari yaqinlashmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!