Falkao Meksika klubiga o‘tishi mumkin

  • 4 avgust, 2021, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaroy" klubi hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli kolumbiyalik futbolchi Meksika klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo hozircha Falkao bilan muzokara o‘tkazayotgan klub nomi ochiqlanmayapti.

Falkao o‘tgan mavsum “Galatasaroy” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Radamel Falkao faoliyati davomida "Portu", "Atletiko", "Monako", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalarda o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!