
Falkao "Monako"dan ketishga yaqin turibdi
"Monako" klubi forfardi Radamel Falkao yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar rahbariyati ish haqini kamaytirish uchun 33 yoshli kolumbiyalik futbolchini transferga qo‘yishga tayyor. Unga esa “Valensiya” hamda “Atletiko” klublari jiddiy qiziqmoqda. O‘z navbatida futbolchining agenti Jorje Mendesh allaqachon transfer masalasida “Monako” rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Falkao “Monako” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 139ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 83ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar