
Falkao yana Ispaniyaga qaytishi mumkin
Kolumbiyalik mashhur hujumchi Radamel Falkao "Rayo Valekano"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Falkao "Galatasaroy" bilan amaldagi shartnomasini muddatidan avval bekor qilish bo‘yicha kelishib olgan. Shu tariqa u ispan klubiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Falkao uchun Ispaniya chempionati begona emas. U 2011-2013 yillarda "Atletiko" sharafini himoya qilgan.
35 yoshli Falkao "Galatasaroy" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida tur klubida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar