
Falkao yuzidan operatsiya qilindi. Endi u...
"Galatasaroy" hujumchisi Radamel Falkao jarohat oldi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, kolumbiyalik futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tusholmaydi.
Falkao mashg‘ulot paytida jamoadoshi Kerem Aktyurkoglu bilan havodagi to‘qnashuvda boshidan jarohat olgan. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Kasalxonada unga yuz suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgan va uni o‘sha erning o‘zida operatsiya qilishgan.
35 yoshli Falkao joriy mavsum "Galatasaroy" safida jami 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning turk grandi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Radamel faoliyati davomida “Portu”, “Monako”, “Atletiko”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi grand klublarda to‘p surgan. Kolubiya terma jamoasida esa 89 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan.
Fikrlar