
Fanat Ronalduga hujum qildi (foto)
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionati saralash turnirida doirasida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida ashaddiy fanat hujumiga duch keldi.
Voqea birinchi bo‘limning oxirida – Ronadu burchakdagi bayroqcha yaqinida turganida yuz berdi. Futbolchining muxlisi u bilan suratga tushish uchun uning ustiga yuugrib keldi. Styuardlar xushyorlik qilib, fanatni Ronaldudan uzoqlashtirdi.
Holatni quyidagi suratlarda ko‘rishingiz mumkin.
O‘yinda Krishtianu Ronaldu ikkita to‘p kiritib, jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va terma jamoadagi gollari sonin 127 taga etkazib, mutlaq rekordini yana yaxshiladi.
Fikrlar