Faoliyatini "Liverpul"ga bag‘ishlagan futbolchi oilasida noxush xabar
"Liverpul" klubining sobiq sardori Jeymi Karrager oila a’zolaridan 2 nafariga koronavirus infektsiyasi yuqqanini ma’lum qildi.
42 yoshli sobiq futbolchining so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar uning xotini va xolasida Covid-19 virusini aniqlashgan.
Jeymi Karrager “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U butun futbolchilik faoliyatini aynan mersisaydliklar safida o‘tkazgan. U butsalarini 2013 yilda mixga ilgan.

Fikrlar