Faqat bitta klub Vinisiusni sotib olishi mumkin
Braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior Madriddning «Real» klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu haqida Madrid Universal nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha natija bermagan va jarayon borasida jiddiy to‘siqlar yuzaga kelgan. Agar yaqin vaqt ichida yangi bitimga erishilmasa, «Real» bu yozdayoq braziliyalik futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Ayni paytda Vinisiusni transfer qilish imkoniyatiga ega yagona klub sifatida «Manchester Yunayted» tilga olinmoqda. 26 yoshli yulduz futbolchining bozor qiymati taxminan 140 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi.
Vinisius Zhunior «Real Madrid» safida 2018 yil yozidan beri maydonga tushib kelmoqda.

Fikrlar