Faqat ko‘p pul berasizlar! “Chelsi” o‘z yulduzini “Siti”ga sotadigan bo‘ldi
The Sun nashri xabariga ko‘ra, “Chelsi” Pedru Netu uchun “Manchester Siti”dan 70 million funt sterling talab qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Siti”ning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska portugalialik qanot hujumchisi bilan yana birga ishlashni istaydi va klub yaqin vaqtlarda rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
Shuningdek, manchesterliklar Netu uchun “Milan” bilan ham kurash olib bormoqda. Biroq moliyaviy imkoniyatlar bo‘yicha “Manchester Siti” italyanliklardan ancha ustun hisoblanadi.
“Milan” Rafael Leauning ehtimoliy ketishini hisobga olib, Pedru Netuni o‘zining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan.
“Chelsi” Netuni asosiy tarkib futbolchisi, deb hisoblamoqda, ammo katta miqdordagi taklif tushsa, klub o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Futbolchining agenti Jorje Mendes uni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ham taklif qilgan. Biroq Netu Evropada eng yuqori darajada o‘ynashni xohlayotgani uchun Saudiya Pro-ligasiga ko‘chib o‘tish masalasida ikkilamoqda.
Pedru Netuning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyunigacha amal qiladi. London klubi uni 2024 yili 60 million yevro evaziga xarid qilgan.
O‘tgan mavsum portugalialik futbolchi Premer-ligada 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar