Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

  • 1 noyabr, 2023, 20:01
  • 0
  • Futbol

Bugungi kunda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossiya Premer-ligasida TsSKA jamoasiga muxlislik qilmoqda.

Tabiiyki, bu holat “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevning Moskva klubi safiga qo‘shilgani bilan bog‘liq. “Armiyachilar”ning musobaqa peshqadami – “Krasnodar” mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ygan uchrashuvda ham legionerimizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga bir guruh hamyurtilarimizning borgani ham fikrimizga dalil bo‘ladi.

MAN0418

Aslida Premer-ligada yana to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor. Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanov “Nijniy Novgorod” o‘yinchilari hisoblanadi.

Biroq bu ikki jamoa hali sovrinli o‘rinlar uchun kurashish tajribasiga ega emasligi va legionerlarimiz muntazam maydonga tushmayotgani bois, muxlislarimizni TsSKA va Abbosbek Fayzullaevning o‘yinlarini tomosha qilish ko‘proq qiziqtirmoqda.

Abbosbek Fayzullaev ham hammaning ishonchini oqlashni uddalayapti. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda Fyodor Chalovning g‘alaba to‘piga hammuallif bo‘ldi.

Rossiya futbolida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan Valeriy Gazzaev o‘zbek futbolchisi o‘yiniga baho berdi.

- O‘yindan o‘yinga Abbosbekning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshib boryapti. Agar shu taqlid o‘sishda davom etsa, katta usta bo‘lib etishishiga imkoniyati etarli. U oyoqlari chaqqon, maydonni ko‘ra olish qobiliyati juda yaxshi va ajoyib o‘tkir paslarni bera oladigan futbolchi.

Chalovga qanday golli pas uzatganini alohida ta’kidlash lozim. O‘sha vaziyatda uning yaqinida TsSKAning boshqa o‘yinchisi turgan jdi. Lekin Fayzullaev juda aqlli qarorga kelib, Chalovga to‘p uzatdi. Bu Fayzullaevning salohiyati jiddiy ekanidan dalolat beradi, - dedi Valeriy Gazzaev.

TsSKA o‘yinlarida Abbosbek Fayzullaev bilan yonma-yon o‘ynayotgan Ivan Oblyakov ham o‘zbek legioneri jamoaga to‘liq moslashib olganini e’tirof etdi va uning jamoada o‘z o‘rni borligini alohida ta’kidladi.

- Abbosbek Fayzullaev – kamtarin, ko‘ngli ochiq yigit. U o‘ta mas’uliyatli va o‘z ustida ko‘p ishlaydi. U jamoamizga kelganida men uni tanimas edim, qanaqa inson ekanini bilmasdim.

Jamoaga tez qo‘shilib ketdi. Rus tilini yaxshi biladi, doim muloqot qilamiz. Uning salohiyatini bilganimiz uchun hech narsadan qo‘rqma, bos, deymiz. Abbosdan o‘yinda mas’uliyatni o‘ziga olishini so‘raymiz, - dedi Ivan Oblyakov.

Shu yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan 20 yoshli futbolchimiz Premer-ligada sakkiz marotaba maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

volga (1)

Fayzullaev sentyabr oyida TsSKAning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. “Krilya Sovetov”, “Spartak” va “Rubin”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinlar bilan taqdirlandi.

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Fayzullaev uchun qiyinchiliklar endi boshlanadi!

Shomurodov qani?

Ana xolos: Fayzullaev tez orada TsSKAdan ketishi mumkin...

Fayzullaev TsSKA engilmas raqibni qanday yutganini sirini aytdi

"Barsa"da o‘ynagan futbolchi Fayzullaevga baho berdi

Shomurodovning ishlari yaxshi tomonga o‘zgardi

Raneri muhim o‘yin oldidan Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!