Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

  • 15 avgust, 2024, 20:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev TsSKAning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. 20 yoshli futbolchimiz Rossiya kubogi guruh bahslarining 2-turida “Nijniy Novgorod” bilan bo‘lgan uchrashuvda jamoasining mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga hissa qo‘shdi.

Tecno

Aynan o‘zbek hujumchisi tashkil qilgan hujumni himoyachi Igor Dieev gol bilan yakunladi. Diveev himoyachi bo‘lishiga qaramay, yangi mavsumdagi gollari sonini beshtaga etkazib oldi va TsSKA tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi.

“Njniy Novgorod” qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutilib qolgan “armiyachilar” penaltilar seriyasida 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan keyin Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarga intervyu berdi.

— Himoyachi Igor Diveevning samaradorligi hujum chizig‘i o‘yinchilarini cho‘chitmayaptimi?

— Agar o‘yinchilardan biri gol ursa, bu jamoa uchun juda yaxshi holat. Kim gol urishi muhim emas, asosiysi uchrashuvda g‘alaba qozonish.

— Sizda Diveev bilan raqobatlashish, ko‘proq gol urish ishtiyoqi yo‘qmi?

— Bor! Men har bir uchrashuvda gol urishni istayman. Jamoaga yaqinda keldim, hozir sekin-asta formamni tiklayapman.

Tez orada eng yaxshi holatimga chiqaman, gol urishni boshlayman va jamoaga yanada ko‘proq foyda keltiraman.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev Parij Olimpiadasida ishtirok etish uchun ma’lum muddat O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz TsSKAning mavsumoldi yig‘inlarida to‘liq ishtirok etmadi.

Jurnalistlar legionerimizdan Olimpiada taassurotlarini ham so‘radi.

— Siz yaqinda keliboq, Olimpiada haqida fikr ham bildirdingiz. Hozir endi Parij Olimpiadasida o‘tkazgan vaqtingizni qanday baholaysiz?

— Faqat ijobiy fikrlar bildira olaman. Olimpiada juda yoqdi. U erda muhit yaxshi edi, lekin natija nuqtai nazaridan ijobiy fikr ayta olmayman. Biz yanada ko‘prog‘iga qodir edik, ammo bu gal o‘xshamadi.  Keyingi gal albatta, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb umid qilaman. Olimpiadada qatnashganimdan mamnunman.

— Tashkilotchilikning qaysidir jihatlari ma’qul kelmadimi yoki hammasi zo‘r edimi?

— Hammasi etarli darajada yaxshi edi.

— Siz avval sal boshqacha gapirgandingiz...

— Youtube haqida aytyapsizmi?

— Umumiy tashkilotchilik haqida, yotoqlar haqida...

— Yotoqlar haqida biror yomon fikr aytolmayman. Juda yaxshi uxladim.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak chempion – Ispaniya futbolchilariga 1:2, keyinchalik yarim finalga etib borgan Misrga 0:1 hisobida yutqazib, Dominikan Respublikasi vakillari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

Tezkor: Shomurodovni AQShda kutishyapti, biroq Evropadan yangi xaridor chiqdi!

Husanovning jamoasiga Shomurodovning sherigi keldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!