
Fayzullaevning jamoadoshi bo‘lishi kutilgan futbolchi TsSKAga kelmaydigan bo‘ldi
"Flamengo" yarim himoyachisi Lorran TsSKAga o‘tishdan bosh tortdi.
"FlaBase" xabariga ko‘ra, xavbek TsSKAda to‘p tepishni xohlamagan va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilgan. Futbolchi "Flamengo"da qoladi.
Avvalroq, "armiyachilar" Braziliya klubi bilan 18 yoshli hujumkor yarim himoyachini 8 mln dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi "Flamengo" safida barcha musobaqalarda 37ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar