Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

  • 3 avgust, 2023, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik futbol muxlislari yorqin iste’dod egalaridan biri Abbosbek Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishini intiqlik bilan kutyapti.

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va jahon chempionatida porlagan hujumkor futbolchimizning TsSKAga transferi allaqachon rasmiylashtirilishi kerak edi.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

Bu transfer amalga oshiralayotgani haqida o‘yinchini tarbiyalagan “Paxtakor” rahbariyati ham, Moskvaning TsSKA” klubi ham ma’lumot bergandi.

 “Paxtakor” klubi bosh direktori Dmitriy Adisman Rossiyaning sport24.ru sayti jurnalisti Boris Meshkovga Abbosbek Fayzullaevning transferi nima sababdan cho‘zilib ketganini izohlab, vaziyatni tushuntirib berdi.  

- Fayzullaev bilan xayrlashganimiga ancha bo‘ldi.  TsSKAda o‘zini ko‘rsata olishiga umid qilamiz. Lekin ayni paytda transfer uchun to‘lov masalasida muammo bo‘lyapti.

Sanktsiyalar tufayli TsSKA badal pulini to‘lash imkoniyatini topa olmayapti va shuning uchun ham transfer ozroq cho‘zilyapti.

Muayyan qiyinchiliklar borligiga qaramay, hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman.

Biz o‘zimizga bog‘liq masalalarni hal qildik va o‘zimiz tarbiyalagan futbolchi bilan xayrlashdik. Buyog‘iga ishni TsSKA davom ettiradi, - dedi Dmitriy Adisman.

Bu ma’lumotni TsSKA klubi kommunikatsiyalar xizmati boshlig‘i Kirill Breydo ham tasdiqladi.

- To‘lov masalasida ayrim texnik muammolar bor. Biroq, har bir tomonning manfaatidan kelib chiqib, bu transfer albatta amalga oshiriladi, - dedi Kirill Breydo "Match TV" saytiga. 

Ta’kidlash jozki, Abbosbek Fayzullaev bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi hisoblanadi. U  ikki mavsumdan beri “Paxtakor” jamoasining asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan edi.

19 yoshli o‘yinchi klublar miqyosida O‘zbekiston chempionatida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

Shuningdek, Fayzullaev Osiyo Chempionlar ligasida beshta o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi.

Iqtidorli futbolchi O‘zbekiston kubogi musobaqasida uchta bahsda ikki marta darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.

Abbosbek Fayzullaev Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, terma jamoamizning Argentina mezbonlik qilgan jahon chempionatidagi o‘yinlarida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qilib, bir necha klublar e’tiboriga tushdi.

U yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etila boshladi va uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p ham kiritdi.

Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev TsSKA klubi bilan shartnomaga imzolasa, Rossiya Premer-ligasidagi beshinchi futbolchimizga aylanadi.

volga

Ma’lumki, bu mavsum Rossiya yuqori divizionida tajribali himoyachi Rustam Ashurmatov hamda Fayzullaev bilan birga O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi etakchisi hisoblangan Umarali Rahmonaliev Qozonning “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bu futbolchilarimiz yanvar oyida “Rubin” bilan shartnoma imzolab, jamoaning birinchi ligadan yuqori divizionga ko‘tarilishiga yordam bergandi.

Yana ikki vakilimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Ruslan Jiyanov “Nijniy Novgorod” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Yo‘ldoshev yosh bo‘lishiga qaramay, nijniy novgorodliklarning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Jiyanov esa, bu jamoaga endi qo‘shildi va chempionatda ishtirok etadigan futbolchilar qaydnomasidan o‘tdi.

“Kalyari” muxlislari Shomurodov debyuti haqida nimalar deyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

TsSKA mazza qiladi: Fayzullaevning kuchli tomoni ko‘p, kamchiligi esa...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!