Federer tennischilar faxriga aylandi

  • 31 may, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarning 20 karra chempioni Rojer Federer sayyoramizning eng ko‘p pul topadigan sportchisi, deb tan olindi. Bu reyting sportchilarning bir yil davomidagi daromadi asosida shakllantiriladi.

Tecno

132363-27Shveytsariyalik raketka ustasi Rojer Federer 2019 yilning 1 iyunidan boshlab, bir yil davomida jami 106,3 million dollar ishlab topdi. Ana shu mablag‘ning 6,3 millioni turnirlardagi mukofot pullaridan, 100 millioni esa homiylardan kelgan daromaddir. Ushbu reyting tarixida ilk bor katta tennis vakili birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Bu tennisning dunyo bo‘ylab mavqei oshib borayotganidan dalolat beradi. 

Eng serdaromad sportchilar o‘nligi quyidagi ko‘rinish oldi:

  1. Krishtianu Ronaldu, futbol – $105 mln (maosh – $60 mln, homiylik daromadi – $45 mln)

262922_680

  1. Lionel Messi, futbol – $104 mln ($72 mln, $32 mln)

1_t_650x433

  1. Neymar, futbol – $95,5 mln ($70,5 mln, $25 mln)

1552568659_neymar

  1. Lebron Jeyms, basketbol – $88,2 mln ($28,2 mln, $60 mln)

large_10

  1. Stefen Karri, basketbol – $74,4 mln ($30,4 mln, $44 mln)
  2. Kevin Dyurent, basketbol – $63,9 mln ($28,9 mln, $35 mln)
  3. Tayger Vuds, golf – $62,3 mln ($2,3 mln, $60 mln)

unnamed_9

  1. Kirk Kazins, amerikancha futbol – $60,5 mln ($58 mln, $2,5 mln)

cb949446d05e4790eee8a

  1. Karson Vents, amerikancha futbol – $59,1 mln ($55,1 mln, $4 mln)

Badavlat sportchilarning kuchli 100 taligiga 35 ta basketbolchi, 31 nafar amerikanchi futbol vakili, 14 ta futbolchi, 6 ta tennischi, 5 ta bokschi va MMA jangchisi, 4 ta golf ustasi, 3 ta poygachi va bittadan beysbolchi va kritketchi kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!