Feliks jarohat oldi. U qancha muddatga safdan chiqdi?
“Atletiko” Madrid forvardi Joau Feliks kecha La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Valensiya”ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli portugaliyalik futbolchi to‘pig‘ini qayrib olgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda u taxminan 4 yoki 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Feliksni o‘tgan yozgi transferlar davrida “Benfika”dan 126 mln evroga sotib olgan edi. U portugaliyalik tarixdagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar