
Fellaini 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Manchester Yunayted” klubi xavbeki Maruan Fellainiga nisbatan yana qo‘shimcha jazo muddati tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi “Manchester Siti”ga qarshi bahsning 84-daqiqasida raqib jamoa hujumchisi Serxio Agueroga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Hakam jarima zarbasi belgilayotgan bir paytda Fellaini o‘zini jilovlab tura olmadi va argentinalik forvardning yuziga boshi bilan zarba berib yubordi. Ushbu holatdan so‘ng hakam Maruanga qizil kartochka ko‘rsatdi va maydondan chetlatdi.
Keyinroq ushbu holat Angliya futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘’mitasi tomonidan o‘rganildi va mutaxassislar belgiyalik futbolchini yana 3ta o‘yinga chetlatishga qaror qilishdi.
Shunday qilib Fellaini premer-liganing “Suonsi”, “Arsenal” va “Tottenxem” jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarda “qizil iblislar”ga yordam bera olmaydi.
Quyida belgiyalik futbolchining Agueroga nisbatan ishlatgan qo‘polligini ko‘rishingiz mumkin:
Fikrlar