“Fenerbahçe” sardori o‘yinlarga pul tikkani uchun diskvalifikatsiya qilindi
Muhammadqodir Ruzmatov
Bu haqida Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiyaning “Fenerbahçe” klubi yarim himoyachisi va jamoa sardori Mert Hakan Yandash oʻyinlarga pul tikkani uchun bir yilga futboldan chetlatildi. Bu haqida Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror intizom qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan. Maʼlum qilinishicha, futbolchi kelishilgan oʻyinlar ishi doirasida toʻrt oy davomida hibsda saqlangan va 3 aprel kuni ozod etilgan.
31 yoshli Yandash 2020 yildan buyon “Fenerbahçe” safida toʻp surib kelmoqda. U jamoa tarkibida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 25 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchi jamoa bilan birga 2023 yilda Turkiya Kubogi va 2025 yilda Superkubok sohibi boʻlgan.

Izohlar (0)