«Fenerbaxche» Lukaku bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • 08.08.2026 12:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Napoli» jamoasining yulduz forvardi, belgilaylik Romelu Lukaku yaqin kunlarda italyalik klubni tark etib, Turkiya superligasidagi yetakchi jamoalardan biri safiga o‘tishi mumkin.

 

TRT Spor tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli hujumchining xizmatlari «Fenerbahçe» klubiga taklif qilingan. Istanbul jamoasi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Napoli» rahbariyati Lukakuni o‘n million yevro evaziga sotishga tayyor ekani aytilmoqda. Shu bilan birga, avvalroq ommaviy axborot vositalarida futbolchiga «Beşiktaş», «Monako», «Atlanta Yunayted» hamda Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Romelu Lukaku jarohati sababli «Napoli» tarkibida Italiya chempionatida bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda maydonga tushdi va ularning faqat bittasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!