Ferdinand APLning ayni kundagi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

  • 23 oktabr, 2019, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterlingning o‘yiniga baho berdi.

“Hozirning o‘zida Sterlingni dunyoning eng zo‘r futbolchilari beshligiga kiritish mumkin. Bunga shubham yo‘q. U qancha gol urayotgani va jamoa o‘yiniga qanday ta’sir o‘tkazayotganini ko‘ring. U APLning eng yaxshi futbolchisi deb o‘ylayman. Raximning barcha hislatlari menga yoqadi”, - deydi Ferdinand.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 5 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, France Football nashri Sterlingni “Oltin to‘p”ga nomzod futbolchilar qatoriga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!