Ferdinand "Manchester Yunayted" futbolchilariga maslahat berdi

  • 25 avgust, 23:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rio Ferdinand "Manchester Yunayted" futbolchilariga Benyamin Sheshkogo ko‘proq to‘p berish kerakligini aytdi.

Tecno

"Unga shunchaki to‘pni uzating! U bilan himoyachilarga oson bo‘lmaydi. Uni o‘yinga qo‘shing, raqibni himoyalanishga majbur qiling. Lekin biz uning atrofida to‘pni aylantirib yuramiz. Ba’zan hammasi oddiy, asosiy narsalarga borib taqaladi.

Tahdid yarata oladigan futbolchiga pas berish kerak, biz esa aksincha yo‘l tutyapmiz. Mana shu mening asosiy e’tirozim – biz uning kimligini, maydonda nima qilayotganini ko‘rmayapmiz.

Agar u pas qabul qilib, hech narsa qila olmasa ham, bu holatda kamida biz uning qaysi darajada ekanini tushunib olamiz. Hozir esa u kim va nima ish qilayotganini anglay olmayapman.

Men hech kimni alohida ayblamoqchi emasman, ammo jamoadoshlarga moslashishida yordam berish – majburiyatdir", – dedi MYuning sobiq himoyachisi o‘zining "Rio Ferdinand Presents" shousida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!