Ferdinand: Sancho MYu muammolarini hal qila olmaydi

  • 29 sentabr, 2020, 18:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Rio Ferdinand "qizil iblislar" safiga o‘tishi muhokama qilinayotgan Jeydon Sancho to‘g‘risida fikr bildirdi:

"Sancho iste’dodli futbolchi. Men uning Manchesterga kelishini istayman. Biroq u MYu muammolarini hal qila olmaydi. Klubga ko‘proq himoyachi zarurdek ko‘rinmoqda.

Orqa chiziqdagi futbolchilar qilayotgan xatolarni ko‘ryapsizmi? To‘g‘ri, himoyachilar qo‘llaridan kelgancha harakat qilmoqda. Ammo bu etarli emas. "Liverpul"ga e’tibor bering: himoyachi kerak edi, Van Deyk sotib olindi. Darvozabon kerak edi, Alisson olib kelindi. MYu esa hech narsa qilmayapti".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!