Fermin Gavi bilan janjalni rad etdi

  • 3 sentabr, 16:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"  yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoadoshi Gavi bilan ziddiyatni rad etadi.

Tecno

Avvalroq OAVda "Barselona" futbolchilari o‘rtasidagi munosabatlar qizlar mojarosi tufayli keskinlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Gavi "Barselona" rahbariyatidan Ferminni transferga qo‘yishni so‘ragani xabar qilingandi.

"Men Gavi bilan 12 yoshimdan beri do‘stman. Biz "Betis"dan beri tanishmiz, ammo "Barselona" akademiyasiga o‘tganimdan beri u menga akamdek bo‘lib qolgan. Biz birgalikda ko‘p narsalarni boshdan kechirdik.

Odamlar har doim taxmin qilishadi, bu o‘zgarmaydi, lekin biz hali ham do‘stmiz. Biz har doimgidek yaxshi munosabatdamiz va bu borada boshqa gapim yo‘q", - dedi "Barselona" yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!